Skillbox - Rossiyada 2022 yilgi Smart Ranking ma’lumotlariga ko‘ra, EdTech kompaniyalarining ta’limni tashkil etish sifati reytingida 1-o‘rinni egalladi.
Kursni tamomlaganlarning 93 foizi Skillbox ularga maqsadga erishishda yordam berganini ta’kidlaydi.
Kompaniyada xodimlarning korporativ rivojlanis
Kompaniya sohasining spesifikatsiyasi, maqsad va vazifalarini hisobga olgan holda onlayn dasturlarni tanlashda yordam beramiz.
Rahbarlar, jamoalar va alohida mutaxassislarni rivojlantirishga yordam beramiz
Skillbox jamoasining asosiy vazifasi sanoat, ko‘chmas mulk, qurilish, moliyaviy texnologiyalar, IT va biznesning boshqa sohalaridagi soha xususiyatlarini hisobga olgan holda, liniya xodimlari, o‘rta va yuqori bo‘g‘in menejerlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
Nega aynan biz?
Skillbox dasturlari – bu amaldagi bozor mutaxassislarining amaliy ko‘nikmalaridir. Dasturlarni muntazam yangilab turish ularning dolzarbligini saqlab turadi.
Kompaniyangiz vazifalari va xodimlarni testdan o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, biz rivojlanish rejasini tuzishda yordam beramiz.
Sifatli kontent yaratamiz
Trek yaratishda yordam beramiz
Limitsiz kontentga kirish imkoniyatiga ega obuna, biznes vazifalari uchun onlayn-kurslar kutubxonasi, tayyor onlayn-kurslar, hamkorlik dasturi.
Xodim muntazam ravishda Telegram chatida ekspertdan teskari aloqa va hamfikrlarning qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘ladi. Tyutor samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘lchaydi va sizga rivojlanish hisobotlarini taqdim etadi.
Optimal formatni tanlaymiz
Natijagacha kuzatib boramiz va uni o‘lchaymiz.

Agar tayyor variantlar orasida sizga hech biri mos kelmasa, kompaniyangiz uchun dastur tanlab beramiz.
Tez-tez beriladigan savollar
Siz quyidagi kirish variantlaridan birini yoki bir nechtasini tanlashingiz mumkin:
Platformadagi barcha onlayn-kurslarga limitsiz kirish.
Bir yo‘nalish bo‘yicha tanlangan onlayn- kurslarga limitsiz kirish.
Kompaniyaning istalgan miqdordagi xodimlari uchun tanlangan onlayn-kurslarga kirish.
Shartlar haqida menejerlar batafsil ma’lumot beradi. Ular har bir paketga nimalar kirishini tushuntirib, sizga mos variantni tanlashda yordam berishadi.
Mashg‘ulotlar shakli: videomateriallarni ko‘rish va ekspertlardan teskari aloqa bilan amaliy ishlarni bajarish. Siz amaliy ishlar bilan va amaliy ishlarsiz formatni tanlashingiz mumkin. Onlayn-kursni o‘tish microlearning formatida amalga oshiriladi: qisqa videolar mavzular bo‘yicha modullarga birlashtirilgan.
Sizda ekspertdan teskari aloqa, xodimlarning yutuqlari va natijalari statistikasi bilan shaxsiy kabinetingiz bo‘ladi.
Bizning tomonimizdan hech qanday cheklovlar yo‘q. Kompaniyangizning har bir xodimi o‘z shaxsiy kabinetida siz tanlagan istalgan miqdordagi onlayn-kurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu bitta onlayn-kurs, ma’lum bir yo‘nalish yoki butun bir soha bo‘lishini o‘zingiz hal qilishingiz mumkin.
Biz platformamizda onlayn-kurslarni o‘tishni tashkil etishda yordam beramiz, shaxsiy kabinetlar va kurslarga kirish imkoniyatlarini sozlash bo‘yicha barcha ishlarni o‘z zimmamizga olamiz. Har bir xodimning taraqqiyotini kuzatib boramiz va sizga hisobotlar taqdim eta olamiz.
Amaliy ishlar va yakuniy loyihalarni sizning maqsadlaringiz asosida takomillashtirishga yordam beramiz. Onlayn kurs mazmunini biznesingiz va yechilayotgan vazifaning spetsifikasiga moslashtirish mumkin. Agar bu yetarli bo‘lmasa, kurslarning o‘z kontentini moslashtirishni muhokama qilishimiz mumkin.
Qanday qarorni amalga oshirishni xohlayotganingizni bizga bildiring - va biz albatta biror narsa o‘ylab topamiz!